Huawei 1
AQSh: Kolumbiya noqonuniy muhojirlarni cheklovlarsiz qabul qilishga tayyor

Oq uyning ma'lum qilishicha, Kolumbiya Vashington jiddiy sanksiyalar qo‘llash tahdidi fonida AQShdan harbiy samolyotlarda deportatsiya qilinayotgan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishga rozi bo‘lgan. Bayonotdan parchalar 27 yanvar, dushanba kuni AFP agentligi tomonidan chop etildi.

Bogota «AQShdan qaytgan barcha kolumbiyalik noqonuniy muhojirlarni, shu jumladan, AQSh harbiy samolyotlarida ham hech qanday cheklovlarsiz va kechikishlarsiz qabul qilishga rozi bo‘ldi», deya xabar qildi Oq uy.

«Bugungi voqealar butun dunyoga Amerika yana hurmat qilinayotgani haqida xabar beradi», deya qo‘shimcha qilingan.

«Prezident Tramp mamlakatimiz suverenitetini qat’iyat bilan himoya qilishda davom etadi va butun dunyodagi boshqa davlatlar uning Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy ravishda bo‘lgan fuqarolarni deportatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlari bilan to‘liq hamkorlik qilishlarini kutadi», deyiladi bayonotda.

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Lotin Amerikasida to‘rtinchi yirik iqtisodiyotga ega mamlakatga qarshi yangi tariflar va sanksiyalar joriy etish bo‘yicha aksariyat rejalarni muzlatishini aniqlashtirdi.

Bogota: Biz boshi berk ko‘chadan chiqdik

Shu bilan birga, Bogota Qo‘shma Shtatlar bilan immigratsiya mojarosida «boshi berk ko‘chadan chiqqanini» ma’lum qildi, deb xabar beradi AFP.

O‘z navbatida, Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt Vashington Kolumbiya rasmiylariga nisbatan viza cheklovlarini saqlab qolishini va AQShdan deportatsiya qilingan noqonuniy muhojirlarning birinchi partiyasi Kolumbiyaga muvaffaqiyatli yetkazilgunga qadar tovarlarning bojxona tekshiruvlarini kuchaytirib borishini ta’kidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12807 | Инструменты