Huawei 1
AQSh kompaniyalari Ukrainaga qurol ta’minotini to‘xtatmoqda

AQShning ayrim kompaniyalari Tramp bilan keskinlik fonida Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda Ukraina Oliy radasining Milliy mudofaa va razvedka qo‘mitasi raisi Roman Kostenko ma’lum qildi.

“Menda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, sotuv uchun mo‘ljallangan qurol yetkazib berilishi to‘xtatilgan. Ushbu qurollarni Ukrainaga yetkazib berishi kerak bo‘lgan kompaniyalar hozir kutib turibdi, chunki hali qaror qabul qilingani yo‘q”, deydi deputat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati tomonidan ko‘rsatilayotgan “moddiy-texnik” yordam hanuz davom etmoqda, ammo Ukrainaga qurol yetkazib beradigan ayrim yetkazib beruvchilar turli siyosiy qarorlarni kutmoqda.

“Barcha qarorni kutmoqda: hech bo‘lmaganda pul evaziga bu yerga qurol yetkazib berish va Ukraina bilan ishlash tufayli hech qanday muammoga duch kelmaslik masalasi hal bo‘ladimi yoki yo‘qmi?”, deydi Kostenko.

U bu fikrida AQSh va Ukraina rasmiylari o‘rtasida so‘nggi kunlarda davom etayotgan muzokaralar hamda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi taranglikni nazarda tutgan.

Ma’lumot uchun, joriy yil boshida Tramp ma’muriyatida AQSh zaxiralaridan Ukrainaga qanday hajmda harbiy yordam ko‘rsatish masalasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Reuters nashrining yozishicha, shunga qaramay, fevral oyining dastlabki kunlarida AQSh Prezidenti inauguratsiyadan keyingi qisqa pauzadan so‘ng ittifoqchiga qurol yetkazib berishni qayta tiklagan. Nashr manbalariga ko‘ra, Oq uy Ukrainaga har qanday yordamni butunlay to‘xtatish g‘oyasidan voz kechgan.

AQSh Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning harbiy bosqini boshlanganidan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda AQSh Kiyevga 66 milliard dollar harbiy yordam ajratgan, 2014 yildan boshlab esa bu ko‘rsatkich taxminan 70 milliard dollarni tashkil etadi. Zelenskiy Ukrainaga yetkazib berilgan qurolning umumiy qiymatini 76 milliard dollar atrofida baholagan. Tramp esa Ukrainaga yetkazib berilgan qurollarning qiymati 200 milliard dollar, hattoki 350 milliard dollar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22209 | Инструменты