Huawei 1
AQSH Ukrainaga 250 mln dollarlik yordam paketi ajratdi

Pentagon Ukrainaga 250 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi. Ular orasida RIM-7 artilleriya zenit raketalari, HIMARS zalpli o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun o‘q-dorilar, 155 va 105 mm kalibrli artilleriya snaradlari, AT-4, TOW va Javelin tankka qarshi raketa tizimlari mavjud.

Shuningdek, paketga quyidagilar kiradi:

- Stinger ko‘chma zenit-raketa komplekslari;

- Bradley piyoda jangovar mashinalari;

- M113 zirhli transportyorlari;

- patrul katerlari;

- o‘qotar qurol va granatalar uchun o‘q-dorilar.

Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina mudofaasi bo‘yicha Ramshteyn formatidagi muloqot guruhining uchrashuvidan so‘ng, yangi yordam paketi mamlakatning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini kengaytirishini aytdi.

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ham yangi yordam haqida ma’lumot berdi. Xususan, Ukrainaga 150 million yevroga 12 ta Panzerhaubitz 2000 o‘ziyurar artilleriya qurilmasi beriladi. Daniya va Niderlandiya esa 77 ta Leopard 1A5 tanklarini Ukraina armiyasiga topshirishga va’da bermoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91714 | Инструменты