Huawei 1
AQSH va Meksika chegarasida yuzdan ortiq migrant jazirama sabab vafot etdi

AQSH va Meksika chegarasida 2024-yilda 108 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Deyarli barcha o‘limlar jazirama tufayli yuz bergan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida AQSH va Meksika chegarasi yaqinidagi Nyu-Meksikoda besh yil oldingiga nisbatan o‘n baravar ko‘p muhojir vafot etgan.

2024-yilning dastlabki sakkiz oyi davomida 108 nafar marhumning jasadi El-Pasodan 16 kilometrgacha bo‘lgan masofada topilgan. Bundan avvalgi yilda taxminan 113 nafar muhojirning jasadi shtatning Meksika bilan chegarasi yaqinida aniqlangan. 2020-yilda 9 ta jasad topilgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 10 tani tashkil etgan.

Aynan shu hududda nega ko‘p odam halok bo‘layotgani noma’lum. Ko‘pchilik mutaxassislar buning sababini kontrabandachilar muhojirlarga ekstremal yoz haroratida xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni taklif qilayotgani bilan izohlamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101619 | Инструменты