Huawei 1
AQShda ishlash uchun eng yaxshi 100 ta kompaniya ro’yxati e’lon qilindi

Amerikaning Glassdoor sayti 2023-yil uchun AQShdagi eng yaxshi 100 ta ish beruvchi kompaniyalarning yillik ro’yxatini e’lon qildi. Ko’p yillar ichida birinchi marta Meta va Apple kompaniyalari ro’yxatda yetakchilikni qo’lga kirita olmadi.

Reyting 2021-yil 19-oktabrdan 2022-yil 17-oktabrgacha Glassdoor’da e’lon qilingan anonim xodimlar sharhlariga asoslanib tuzilgan. U kamida 1000 kishini ish bilan ta’minlaydigan va platformada kamida 75 ta sharhga ega bo’lgan kompaniyalarni o’z ichiga oladi.

Shu bilan birga, reytingdagi kompaniyalar har bir tashkilot taqdim etayotgan kasb imkoniyatlari, korporativ madaniyat, boshqaruv, ish va hayot muvozanati va boshqa omillarni hisobga olgan holda 5 balli tizimda baholangan.

Eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalar reytingida yetakchi - Gainsight IT-kompaniyasi bo’ldi. U birinchi marta reytingga kirdi va darhol birinchi o’rinni egalladi. Xodimlar kompaniyadagi ish rejimining moslashuvchanligini, rahbariyatning ishchilar lavozimiga e’tiborini, xilma-xillik siyosatini qo’shimcha qilishdi.

Glassdoor ma’lumotlariga ko'ra, eng yaxshi 10 ta kompaniya ro’yxatiga quyidagilar kiradi:

- Gainsight;

- Box;

- Bain & Company;

- McKinsey & Company;

- NVIDIA;

- MathWorks;

- Boston Consulting Group;

- Google;

- ServiceNow;

- In-N-Out Burger.

“Ko’pgina kompaniyalar 2023-yilgi ro’yxatimizni qisman moslashuvchan ish muhiti, yaxshilangan imtiyozlar paketi hamda ish va hayot muvozanatiga e’tibor qaratganligi sababli kirtilgan. Eng yaxshi 10 ta kompaniya ro’yxatiga uchta kompaniya uch yildan beri kiradi. Bular: NVIDIA, Bain & Company va Google kompaniyalaridir”, deya qo’shimcha qildi Glassdoor.

Aytib o’tish lozimki, Apple kompaniyasi 2009-yildan beri, Meta esa 2011-yildan beri har yili ro’yxatga kirgan, shundan uch martotaba birinchi o’rinni egallalagan. Ammo joriy yilgi reytingdan ushbu kompaniyalar o’rin olmadi. 14 yildan beri e’lon qilinadigan eng yaxshi kompaniyalar ro’yxatida qolgan yagona kompaniyalar - Google va Bain & Company hisoblanadi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq AQShda eng istiqbolli va eng ko’p maosh oladigan kasb egalari ro’yxati e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты