Huawei 1
Prezident 2025-yil suv xo‘jaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘lishini taʼkidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan yig‘ilish o'tkazilmoqda.

Har bir kanalga Irrigatsiya universiteti, Suv muammolari ilmiy instituti, 9 ta texnikumni “dual taʼlim” asosida biriktirish muhimligi taʼkidladi.

Ular loyihadan betonlash tugaguncha bo‘lgan barcha jarayonlarni ilmiy yondashuv asosida kuzatib, tavsiya va xulosasini beradi.

Kanallarni betonlash hisobiga suv oqimi tezlashadi. Bu – kichik GESlar qurib, elektr olish uchun katta imkoniyat.

Masalan, Navoiy viloyati kanallarida 11 megavattli 148 ta mikro GES qurish boshlandi. Bunda mahalliy komponent yuqori bo‘lgan, Navoiyni o‘zida ishlab chiqarilayotgan uskunalardan foydalanilmoqda.

Umuman, respublikada 2 mingta mana shunday mikro GES qurib, yiliga qo‘shimcha 600 million kilovatt elektr olish mumkinligi taʼkidlandi.

Viloyat hokimlari oldiga Navoiy misolida o‘z hududlarining sanoat salohiyatini ishga solib, mahalliy komponenti yuqori bo‘lgan shunday mikro GESlarni loyihalashtirish va barpo etish vazifasi qo‘yildi.

Prezidentimiz 2025 yil suv xo‘jaligida “Nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘lishini taʼkidladi.

Hozir respublikadagi 2,5 million gektar yerni sug‘orishga 1 ming 600 dan ziyod nasos stansiya yiliga 6,8 milliard kilovatt elektr sarflayapti. 2017 yilda 2 million gektarga 8,3 milliard kilovatt ishlatilar edi.

Xususiy sheriklik asosida tejamkor nasos va quyosh panellarini o‘rnatib, 20 foiz elektrni tejash mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga Jizzax va Namangan bosh nasos stansiyalarini shaffof va jozibador shartda xalqaro tenderga chiqarish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110720 | Инструменты