Huawei 1
Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi

Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi va quyida keltirilgan kunlarda tashkil etilishi belgilandi.

—  21-oktyabr – Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
—  22-oktyabr – Ingliz tili, Nemis tili,  Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
—  23-oktabr – Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
—  24-oktabr – Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
—  25-oktabr – Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.

Ma'lumot uchun, MMTVning 2024-yil 11-oktyabrda “2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim fanlari boʻyicha asosiy olimpiadaning ikkinchi tuman (shahar) va uchinchi — hududiy bosqichlari hamda xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 331-sonli buyrugʻi imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101617 | Инструменты