Huawei 1
Hududlarda ko‘zi ojiz fuqarolarning sayyor qabullari o‘tkazildi

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tizimida 143 ta maxsus kutubxona, 30 ta ko‘zi ojizlarga xizmat ko‘rsatuvchi madaniyat markazi faoliyat yuritadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati axborot xizmati rahbari Turdiali Normatov maʼlum qildi.

Hududlarning birinchi rahbarlari hamda O‘zKOJ MB raisi ishtirokida ko‘zi ojiz fuqarolarning sayyor qabullari o‘tkazildi. 

O‘zKOJ MB raisi ishtirokida ko‘zi ojiz faqarolar bilan hududiy davlat hokimiyati mutasaddilarining aholi muammolarini xal etishga bag‘ishlangan muloqotlarida jami 1700 nafardan ziyod ko‘zi ojiz fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdilar.

426 nafar murojaatchilarning muammolari mutasaddilar tomonidan shu joyning o‘zida hal qilindi. 1300 nafariniki esa o‘z joyida o‘rganilib, hal etilishi belgilab qo‘yildi. 

Murojaatchilarning 70 nafari tikuv mashinalari, 81 nafari turli xil maishiy texnika vositalari bilan, 120 nafari shifoxona orderlari, 85 nafari sihatgoh yo‘llanmalari bilan taʼminlandi. 

70 nafariga jarrohlik amaliyotida ko‘maklashish belgilab olindi. 80dan ziyod murojaatchining uy-joyini taʼmirlashga ko‘maklashish rejalashtirildi. 100 nafarining uy-joy bilan taʼminlanish bo‘yicha murojaati o‘rganib chiqilishi tegishli komissiyalarga topshirildi. 

Ayni vaqtda yurtimizdada istiqomat qiluvchi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun O‘zKOJ tizimida 198 ta mahalliy bo‘linma, 14 ta xududiy bo‘lim, 1 ta Markaziy Boshqaruv, 63 ta o‘quv ishlab chiqarish korxonalari masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, hududiy boshqaruvlarga qarashli 35 ta shoʻba  korxona, 1 ta sihatgox, 2 ta dam olish maskani, 3 ta yordamchi xo‘jalik, “BIR SAFDA” jurnali tahririyati hamda madaniy muassasa sifatida faoliyat yurituvchi “Sanʼat gulshani” masʼuliyati cheklangan jamiyati kabi 319 ta korxona, tashkilot va muassasalar faoliyat yuritmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101617 | Инструменты