Huawei 1
BAAdagi Fan va Texnologiya universitetiga o'zbekistonliklar ham qatnashishi mumkin bo'lgan qabul boshlandi

Abu-Dabida joylashgan Xalifa Fan va Texnologiya universiteti magistratura va doktarantura dasturlariga arizalar qabul qilmoqda.

Ushbu universitet muhandislik, tibbiyot, xavfsizlik, fan va texnologiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalarni qabul qiladi. Magistratura va doktaranturada mavjud yo‘nalishlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Ma'lum qilinishicha, nomzodlar ingliz tili bo‘yicha iBT TOEFLdan 91 ball yoki IELTSdan 6,5 ballga ega bo‘lishlari kerak.

Shuningdek, ular ikkita tavsiyanoma hamda maqsad bayonini taqdim etish kerak. Bundan tashqari doktarantura uchun hujjat topshiruvchilardan tadqiqot bayonoti so‘raladi.

Qabul talabiga javob beruvchi nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi. Yozilishicha, 2023-yilning kuzgi semestr uchun qabul ikki marotaba amalga oshiriladi.

Birinchi qabul 2023-yilning 15-yanvarigacha davom etadi va javoblar mart oyida e’lon qilinadi. Ikkinchi qabul 30-aprelgacha davom etib, qabul qilinganlar iyun oyida ochiqlanadi.

Avvalroq, Magistratura va PhD uchun o'zbekistonliklar ham qatnashishi mumkin bo'lgan Fransiya grantiga qabul boshlani bo'yicha xabar bergandik

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90400 | Инструменты