Huawei 1
BBC: Isroil harbiy samolyotlari Livan hududiga zarbalar berdi

Isroil noyabr oyida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv kuchga kirganidan beri birinchi marta Livanga qator kuchli aviazarbalar berdi. Bu zarbalar Isroil hududiga bir nechta raketa uchirilganidan keyin amalga oshirildi.

Isroil qo‘mondonligi Eron bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lgan "Hizbulloh" harakatining janubiy Livanda joylashgan o‘nlab raketa uchirish qurilmalari va qo‘mondonlik markazi yo‘q qilinganini xabar qildi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi zarbalar oqibatida ikki kishi, jumladan, bir bola halok bo‘lganini va yana sakkiz kishi jarohat olganini ma’lum qildi.
Livan armiyasi mamlakat janubida "uchta raketa uchirish qurilmasi" demontaj qilinganini bildirdi. Livan mudofaa vaziri tergov ishlarini boshlaganini e’lon qildi.

Isroil armiyasi mamlakat shimolidagi Metula shahrida uchta raketa tutib qolinganini e’lon qildi. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.

Livandagi eng yirik qurolli guruhlardan biri hisoblanuvchi "Hizbulloh" Isroilga raketa uchirganini inkor etdi va 14 oylik zo‘ravonlikdan keyin Livanda nisbiy tinchlikni ta’minlagan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga sodiq qolishini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32405 | Инструменты