Huawei 1
Berlinda jamoat transportida ish tashlash boshlandi

Berlinda Ver.di kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan bir kunlik ogohlantiruvchi ish tashlash jamoat transportining harakatlanishiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Dpa axborot agentligi xabariga koʻra, 27-yanvar, dushanba kuni metro, tramvay va koʻpgina avtobuslarning harakati vaqtincha toʻxtatilgan.

Ish tashlash mahalliy vaqt bilan soat 03:00 da (Toshkent vaqti bilan 07:00 da) boshlangan.

Ish tashlash mintaqaviy poyezdlar va elektropoyezdlar mashinistlariga taalluqli emas

Ish tashlash hududiy poyezdlar va shahar atrofidagi S-Bahn poyezdlari haydovchilariga taʼsir qilmagan. Yoʻlovchilarga noqulayliklarni kamaytirish maqsadida Deutsche Bahn kompaniyasi Mahlsdorf va Lichtenberg tumanlari oʻrtasida harakatlanadigan S5 poyezdlari 09:00 dan 14:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 13:00 dan 18:00 gacha) yanada koʻproq qatnovlarni amalga oshirishi haqida eʼlon qildi.

Ish tashlash sabablari

Ish tashlash Ver.di va Berliner Verkehrsbetriebe (BVG) oʻrtasidagi oylik maoshni oshirish boʻyicha kelishmovchilikdan kelib chiqqan. Kasaba uyushmasi 16 ming xodim uchun oylik maoshga 750 yevro qoʻshimcha qilishni talab qilmoqda. Ver.di BVG kompaniyasini ilk muzokaralar davomida aniq takliflar taqdim etmaganlikda va muzokaralarni choʻzishda aybladi.

BVG maoshlarni oshirish gʻoyasini maʼqullagan boʻlsa-da, kasaba uyushmasining talablarini moliyaviy jihatdan amalga oshirib boʻlmaydigan deb hisoblab rad etdi.

Germaniyada temiryoʻlchilar va aeroport xodimlari ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida ish tashlashlari koʻp kuzatiladi.


Maqola muallifi: D. Jummayeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12807 | Инструменты