Huawei 1
Blinken urushni tugatish bo'yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Isroilga keldi

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharq bo‘ylab safari doirasida Isroilga keldi, deb xabar bermoqda AFP.

Blinken Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashadi. Davlat kotibi G‘azo sektoridagi urushni tugatish va garovga olinganlarni ozod qilish, shuningdek, Livandagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashi kutilmoqda.

Entoni Blinkenning safari 21-25-oktyabr kunlari davom etadi, deya xabar beradi AQSH Davlat departamenti. Amerika Qo‘shma Shtatlari bu galgi safar G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni olg‘a siljitishga yordam berishiga ishonadi, dedi brifingda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Vedant Patel. Unga ko‘ra, Entoni Blinken Isroil va boshqa Yaqin Sharq davlatlarida “hamkorlar bilan juda muhim muzokaralar” o‘tkazadi.

AQSH Davlat departamenti avvalroq o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvar to‘sqinlik qilganini aytmoqda. U 17-oktyabr kuni Isroil harbiylari tomonidan o‘ldirilgan.

18-oktyabr kuni HAMAS o‘z yetakchisining o‘limini tasdiqladi, biroq harakat qurollarini tashlab, taslim bo‘lishdan bosh tortdi. HAMAS G‘azodagi jangovar harakatlar tugamaguncha va barcha harbiy xizmatchilar hududdan to‘liq olib chiqilmaguncha garovga olingan isroilliklarni qaytarmaslikka va’da berdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты