Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an dushanba kuni Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida front chizig‘i bo‘ylab Ukraina mojarosini muzlatish taklifini taqdim qilmoqchi, deb xabar bermoqda Bloomberg manbalarga tayanib.
“Dushanba kuni G20 yetakchilarining Rio-de-Janeyrodagi uchrashuvida u hozirgi yo‘nalish bo‘yicha mojaroni muzlatish bo‘yicha o‘z taklifini taqdim qilmoqchi”, — deyiladi agentlik materialida.
Agentlikning nomi oshkor etilmagan manbalariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Kiyevga Rossiyaga “imtiyoz” sifatida NATOga kirish bo‘yicha muzokaralarni kamida 10 yilga kechiktirishni taklif qiladi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Erdoʻgʻanning taklifi Donbass sharqida “demilitarizatsiya qilingan hudud” yaratishni nazarda tutadi. Erdo‘g‘an Kiyev uchun “qo‘shimcha kafolat” sifatida ushbu hududda “xalqaro qo‘shinlar” joylashtirishni taklif qiladi va Ukrainani NATOga qo‘shilmaslikka rozi bo‘lgani uchun harbiy ta’minot ko‘rinishida yordam olishiga ishontiradi.
Turkiya rasmiylari Ukraina uchun bunday kelishuvga rozi bo'lish qiyin bo'lishini tan olishadi, biroq ular mojaroni hal qilishda bunday yondashuv eng real, deb hisoblaydi.
Agentlik yozganidek, Erdo‘g‘anning “formulasi” Ukrainaning NATOga qabul qilinishi Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga olib kelishidan qo‘rqayotgan Kiyevning ba’zi ittifoqdoshlarini qiziqtirishi mumkin.
Erdo‘g‘an, manbalarga ko‘ra, u Zelenskiyni Istanbuldagi tinchlik muzokaralarida ishtirok etishga ko‘ndira olishiga umid qilmoqda, chunki Turkiya prezidenti, Bloomberg manbalariga ko‘ra, agar janglar davom etsa, Ukraina kelasi bir necha oy ichida ko‘proq hududini yo‘qotishi mumkinligi haqida razvedka olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111813 | Инструменты