Huawei 1
BMT: 2022-yil fevralidan beri Ukraina aholisi deyarli 10 million kishiga kamaydi

Ukrainaning yosh aholisi mamlakatni tark etmoqda, dedi BMT Aholishunoslik jamg‘armasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Florens Bauer. Uning soʻzlariga koʻra, 2022-yil 24-fevraldan beri Ukrainani 10 millionga yaqin aholi tark etgan.

“Bu odamlarning katta qismi Rossiya bilan urushning bevosita qurbonlarini hisobga olmaganda mamlakatni tark etdi. Aholi qarib bormoqda, yoshlar esa boshqa joylardan imkoniyatlar izlab, mamlakatni tark etishmoqda”, — dedi Bauer xonim brifingda.

Avgust oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aholining chiqib ketishi bilan bog‘liq muammoni tan oldi va mamlakatni tark etgan tinch aholi bilan ishlash bo‘yicha vazirlik tashkil etilishini e’lon qildi. O'tgan hafta u yoshlarning chetga chiqib ketishi asosiy muammo bo'lib qolayotganini aytdi. Shu bilan birga, Ukraina rasmiylari hali safarbarlik yoshini 18 yoshga tushirish niyatida emasligiga ishontirmoqda. Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari Rustem Umerovning aytishicha, AQSh Ukraina bilan bu masalani muhokama qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты