Huawei 1
BMT: Isroil hujumlari Falastin iqtisodiyotining misli ko‘rilmagan qisqarishiga olib keldi

Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga bir yildan ortiq davom etayotgan hujumlari butun bosib olingan Falastin hududi bo‘ylab mehnat bozori va umuman iqtisodiyotning misli ko‘rilmagan pasayishiga olib keldi.

G‘azo va Iordan daryosi G‘arbiy sohilida umumiy ishsizlik darajasi so‘nggi 12 oy ichida 51,1 foizga o‘sdi, deya xabar bermoqda BMT matbuot xizmati Xalqaro mehnat tashkiloti va Falastin markaziy statistika byurosi tomonidan tayyorlangan byulletenga tayanib.

Matnga ko‘ra, Iordan daryosi G‘arbiy sohilida ishsizlik darajasi 2023 yil oktyabr oyi boshidan 2024 yil sentabr oyi oxirigacha o‘rtacha 34,9 foizni, G‘azo sektorida esa 79,7 foizni tashkil etdi.

Umuman olganda, iqtisodiy yo‘qotishlar ham sezilarli bo‘ldi, Falastin hududidagi real YaIM o‘tgan yil davomida o‘rtacha 32,2 foizga kamaydi. Xususan, Iordan daryosi G‘arbiy sohilida 21,7 foizga, G‘azo sektorida esa 84,7 foizga pasayish kuzatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101918 | Инструменты