Huawei 1
Tojikistonda KXShT “Rubej-2024” o‘quv mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Tojikistonda 17 oktyabrdan 21 oktyabrga qadar «Harbmaydon» poligonida «Rubej-2024» Markaziy Osiyo mintaqasi Tezkor joylashtirish kollektiv kuchlari (MOM TJKK) bilan qo‘shma mashg‘ulotlarning faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda Bu haqda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) xabar bermoqda.

Mashqlar mavzusi: «MOM TJKK tomonidan KXShTga a’zo davlat hududiga bostirib kirgan noqonuniy qurolli guruhlarni yo‘q qilish bo‘yicha jangovar operatsiyalarni tayyorlash va o‘tkazish».

Mashg‘ulotlar davomida KXShTga a’zo davlat hududiga bostirib kirgan noqonuniy qurolli guruhlarni yo‘q qilish bo‘yicha jangovar harakatlarni tayyorlash va o‘tkazish masalalari ishlab chiqilmoqda.

Ayni paytda MOM TJKK tog‘-cho‘l sharoitida jangovar harakatlarni tashkil etish, bo‘linmalarni muvofiqlashtirish va ularni jangovar tayyorgarlik topshiriqlarini bajarishga tayyorlash ustida ishlamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101918 | Инструменты