Huawei 1
Boloniya imomi HAMASni qo‘llab-quvvatlagani uchun Italiyadan deportatsiya qilindi

Italiya Ichki ishlar vazirligi Bolonyadagi masjidda faoliyat yuritgan, kelib chiqishi pokistonlik imom Zulfiqor Xonni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Corriere della Sera xabar berdi.

Mahalliy nashrning yozishicha, imom “radikal islomiy pozitsiyalar”ni, shuningdek, HAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlagan. Italiya ichki ishlar vazirligi u terrorchilik tendensiyalarining tarqalishiga hissa qo‘shgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Imom 2023-yilda “o‘sib borayotgan mafkuraviy aqidaparastlikni ko‘rsatib, radikal islomga murojaat qila boshlaganida” rasmiylar e’tiborini tortgan, deyiladi xabarda.

2023-yil noyabrida u xorijiy davlatlarni sionizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Shu bilan birga, imom faqatgina diniy rahbar sifatida Falastin-Isroil mojarosi haqidagi shaxsiy fikrini bildirganini aytmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты