Yevropa Ittifoqi Rossiyani qo‘llab-quvvatlagani uchun Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyatida. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar aviatsiya sohasiga, shuningdek, dron va ballistik raketalarni yaratish dasturlari ishtirokchilariga taʼsir qiladi.
Borrel o‘zining “X” ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida Yevropa Ittifoqi Eronda ishlab chiqarilgan ballistik raketalarning Rossiyaga uzatilishini keskin qoralashini ma’lum qildi.
“Biz Eronning ballistik raketa va dronlar ishlab chiqarish bo‘yicha dasturlariga qarshi zudlik bilan yangi choralar ko‘ramiz”, dedi u.
Ma’lumot uchun, Yevropa ittifoqining mazkur sanksiyalari 2014-yildan beri amal qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты