Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Xitoyga tashrifi chog’ida rivojlanayotgan davlatlar o’rtasidagi hisob-kitoblar uchun AQSh dollariga muqobil valyuta yaratishga chaqirdi.
Uning so’zlariga ko’ra, BRICS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) davlatlari ham dollarning xalqaro savdodagi rolini kamaytirish maqsadida hisob-kitoblarda o’z valyutalaridan faolroq foydalanishlari kerak.
“Nima uchun BRICS banki kabi muassasa Braziliya va Xitoy, Braziliya va boshqa BRICS davlatlari o’rtasidagi savdoni moliyalashtirish uchun valyutaga ega bo’lolmaydi? Oltin standarti bekor qilingandan keyin dollar jahon savdo valyutasiga aylanishiga kim qaror qildi?", - dedi Luis Inasiu Lula da Silva, BRICS bankining yangi rahbari, avvalroq Braziliya prezidenti bo’lgan Dilma Russeffni tanishtirish davomida.
Davlat rahbari BRICS mamlakatlarini dollar hukmronligiga chek qo’yishga va savdoda foydalanish uchun o’zlarining muqobil valyutalarini ishlab chiqishga chaqirdi.
Eslatib o’tamiz, 23-yanvar kuni Braziliya prezidenti MERCOSUR (Janubiy Amerika davlatlarining umumiy bozori) va BRICS mamlakatlari o’rtasidagi savdo operatsiyalari uchun umumiy valyutalarni yaratish imkoniyatlarini muhokama qilishni taklif qilgan edi.
Avvalroq AQSh moliya vaziri Janet Yellen Rossiya va Xitoy davlatlari uchun dollarga muqobil valyuta yaratish juda qiyin bo’lishini aytgan edi. Uning so’zlariga ko’ra, AQSh dollari hali uzoq vaqt davomida jahonning zaxira valyutasi bo'lib qoladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51520 | Инструменты