Huawei 1
Britaniya YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda

Davlat fuqarolik xizmatidagi vakansiyalar portalida keltirilishicha, Britaniya hukumatining Yevropa Ittifoqi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha ikkinchi doimiy kotibi lavozimini egallaydigan shaxsga yiliga 153 ming funtdan 200 ming funtgacha maosh taklif etiladi.

Da’vogarlardan arizalar 8 dekabr oqshomigacha qabul qilinadi.

Vakansiya tavsifidada yozilishicha, tanlab olingan nomzod Buyuk Britaniya hukumatining YeI bilan munosabatlarida yetakchi rol o‘ynaydi, qator masalalar, xususan savdo, xavfsizlik va chegara siyosatida Buyuk Britaniyaning “asosiy manfaatlari”ni himoya qilish uchun javobgar bo‘ladi.

Bo‘lajak amaldor bosh vazirning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar bo‘yicha bosh maslahatchisi, Bryussel bilan muzokaralarda “katta va shaxsiy vakili” bo‘lishi qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112511 | Инструменты