Huawei 1
Britaniyada Muhammad ismi o'g'il bolalar uchun eng ko'p qo'yilgan ismga aylandi

Angliya va Uelsda ota-onalar o‘g‘il farzandlariga eng ko‘p Muhammad ismini tanladi. 2023-yilda 4600 dan ortiq bola shu ism bilan ro‘yxatga olindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Milliy statistika boshqarmasiga ko‘ra, bu ism 2016-yildan beri o‘g‘il bolalar uchun eng mashhur 10 ta ism qatoriga kirib kelayotgan edi. Ammo endi u Nuh ismini ortda qoldirdi. Biroq hududiy farqlar ham mavjud bo‘lib, Muhammad ismi Angliyaning uchta hududida eng mashhur 10 ta ism ro‘yxatiga kirmagan.

Muhammad ismining boshqa imloviy shakllari — Mohammed va Mohammad ham Angliya va Uels bo‘yicha eng mashhur 100 ta ism ro‘yxatidan joy olgan. Muhammad ismining turli xil variantlari oldingi yillarda ham mashhur bo‘lgan.

Olivia qizlar uchun eng mashhur tanlov bo‘lib qolmoqda, undan keyingi o‘rinlarda Amelia va Isla turibdi. Ushbu kuchli uchlik 2022-yildan beri o‘zgarishsiz qolmoqda. 2023-yili qizlar orasida chiziqcha bilan yozilgan ismlar ham mashhurlikka erishgan. Bunday ismlar soni 12 330 tadan 19 140 taga oshgan.

Qizlar uchun eng mashhur 100 ta ism ro‘yxatiga Lilah, Raya va Hazel kabi yangi ismlar kirgan. O‘g‘il bolalar uchun esa Jax, Enzo va Bodhi bo‘ldi.

Angliyada pop-madaniyat ham ism tanlashga ta’sir etmoqda. Bunga Billi Aylish va Lana Del Rey kabi qo‘shiqchilar, Margo Robbi va Killian Myorfi singari kino yulduzlari ismi misol bo‘la oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12212 | Инструменты