Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyadagi migratsiya siyosatini tanqid qildi. U ushbu siyosatning keskinroq bo‘lib borayotganini aytib, migrantlarga nisbatan qo‘llanilayotgan bir qator choralar uni hafsalasini pir qilayotganini ta’kidladi.
Kimdir Rossiyani ataylab qo‘shni birodar hududlar bilan to‘qnashtirayotgandek tuyulmoqda. Migratsiya siyosatini o‘zgartirish kerak bo‘lsa ham, buni mahalliy bo‘lmagan har qanday uchraganiga shafqatsizlarcha tashlanadigan darajada jirkanch usulda amalga oshirmaslik lozim. So‘nggi paytlarda odamlarni hech qanday rasmiyatchiliksiz ushlab turishmoqda, bu tadbirlar esa tobora qattiq o‘tkazilmoqda, dedi Qodirov.
U muhokama qilinayotgan muammolarni migrantlarni deportatsiya qilish orqali hal qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Bu muammo kelgindilar tufayli yuzaga kelgani yo‘q. Buning ildizi o‘z vaqtida o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bilan shug‘ullanishi va har qanday keskinlashayotgan jarayonlarga tezkor munosabat bildirishi lozim bo‘lgan shaxslarning beparvoligida yotibdi. Faqat amalda hech qanday nazorat yo‘q edi, dedi Checheniston rahbari.
Qodirov jamiyatda migrantlarga nisbatan nafratni shakllantirib hech narsaga erishib bo‘lmasligi, bu vaziyatni chigallashtirishini aytdi.
Hech bo‘lmasa endi migratsiya nazoratining samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, bu sohada to‘g‘ri siyosat yuritish kerak. Biroq, boshqa mamlakatlar fuqarolarini tartibsiz inkvizitsiya qilish aslo to‘g‘ri emas. Muammoning ildizini yo‘qotish lozim, oqibatlari bilan shug‘ullanish emas, dedi u.
Checheniston rahbari, shuningdek, migrantlar orasida qonunga itoat etuvchilar ham borligini eslatdi.
Mayli, bugungi migrantlarni ommaviy ta’qib va tozalashlar orqali haydab chiqaramiz, biroq ertaga boshqa davlatlardan yangilari keladi-ku, ular yaxshiroq bo‘lishiga kim kafolat bera oladi?, deya xulosa qildi Qodirov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты