Huawei 1
Bu yangi rekord: AQSHda 30 yil avval muzlatilgan embrionlardan egizaklar dunyoga keldi

AQSHning Tennessi shtatida 30 yil avval muzlatilgan embrionlardan egizak chaqaloqlar dunyoga keldi. Embrionlar 1992-yil 22-apreldan beri suyuq azotda -128C haroratda saqlanadi va oʻz hayotiyligini saqlab qolgan. 

Shu yilning 31-oktabr kuni ular eritilib,  egizaklarni muvaffaqiyatli dunyoga keltirgan bo‘lajak ona Reychel Ridjueyga ko‘chirib o‘tkazilgan.

“Xudo Lidiya va Timotiga hayot berganida men besh yoshda edim va u o‘shandan beri bu hayotni saqlab kelmoqda. Ular bizning eng kichik farzandlarimiz bo‘lsa-da, qaysidir ma’noda katta farzandlarimiz hamdir”, deydi baxtli ota.

Milliy embrion donorlik markazi (NEDC) xodimlarining qayd etishicha, chaqaloqlar muvaffaqiyatli tug‘ilgan eng uzoq muddat saqlangan embrionning yangi rekordini o‘rnatishi mumkin. 

Bu embrion 1992 yil 22 aprelda suyuq azotda -128 daraja Selsey atrofida saqlash uchun olib qo‘yilgan. Milliy embrion donorlik markazining avvalgi rekordi 27 yil davomida muzlatilgan embriondan 2020-yilda tug‘ilgan Molli Gibsonga tegishli. Ushbu markaz donor qilingan embrionlardan 1200 dan ortiq chaqaloq tug‘ilishiga yordam bergan.

2007-yilgacha embrionlar AQShning G'arbiy sohilidagi laboratoriyada saqlangan, shundan so'ng ularni paydo qilgan er-xotin boshqa birov foydalanishi uchun Tennessi shtatining Noksvill shahridagi NEDCga berishga qaror qilishgan.

Keyin, joriy yilning boshida, NEDC hamkor klinikasining embriologlari embrionlarni eritish va ularni bachadonga ko'chirib o'tkazish jarayonini amalga oshirdilar.

NEDC bayonotida aytilishicha, markaz sog'lom bolalar tug'ilishi haqidagi xabar boshqa ota-onalarni embriondan tug'ilgan bolalarni o'zlari uchun asrab olish baxtini his qilishga undaydi, deb umid qiladi.

Egizaklar tug'ilganda, Ridgvey juftligining bir yoshdan sakkiz yoshgacha bo'lgan to'rtta farzandi bor edi va ularning barchasi tabiiy ravishda, donorlarsiz yoki sun'iy urug'lantirishsiz tug'ilgan.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102108 | Инструменты