Huawei 1
Chexiya prezidenti: Urush oqibatida Ukraina hududlarini yo‘qotadi

Rossiya urushdan keyin kamida ma’lum muddat Ukrainaning bosib olingan hududlari ustidan nazoratni saqlab qoladi. Bu haqda Chexiya prezidenti Petr Pavel The New York Times’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

NATOning sobiq yuqori martabali generali va Ukrainaning kuchli tarafdorlaridan biri Pavel “Ukraina hududlarini yo‘qotishini haqiqat” deb hisoblaydi. U realist bo‘lishga chaqirdi va urushdan charchash “hamma joyda o‘sib borayotgani”ni aytdi.

Uning fikricha, Ukraina ham, Rossiya ham urushda o‘z maqsadlariga erishishga umid qila olmaydi. Ukraina uchun bu butun hududning, shu jumladan Qrimning qaytarilishini istisno qiladi. Rossiya esa Ukrainaning Moskva da’vo qilayotgan hududlardan qonuniy voz kechishiga erishib bo‘lmaydi.

Ukrainaning mag‘lubiyati yoki Rossiyaning mag‘lubiyati haqida gapirish — bu shunchaki yuz bermaydi, shuning uchun natija o‘rtada bo‘ladi, dedi Pavel.

Shu bilan birga, Chexiya prezidenti Vengriya bosh vaziri Viktor Orban singari “populist yetakchilar”ning Ukrainaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatish va darhol tinchlik o‘rnatish haqidagi qat’iy chaqiriqlarini “safsata” deb rad etdi:

Mudofaa va xavfsizlik sohasida ma’lum tajribaga ega bo‘lgan va Rossiyani yaxshi biladigan shaxs sifatida men shuni aytishim mumkinki, tinchlik Ukrainaning jang harakatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi bayonoti ortidan kelmaydi, dedi u.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92419 | Инструменты