Huawei 1
Cho‘kib ketgan “Titanik” kemasining birinchi to‘liq o‘lchamli suratlari chop etildi (Foto)

Mutaxassislar “Titanik”ning birinchi to’liq o’lchamli suratlarini taqdim etdi. Bu cho’kib ketgan kemani barcha detallarini ko’rish imkonini beradi. 

Mualliflar bir necha ming raqamli tasvirlarni birlashtirib, Titanikning 3D rekonstruksiyasini yaratishdi. Olingan tasvirlar orqali kemadagi zang stalaktitlarini, seriya raqamini va bir paytlar zinapoya o'rnida teshikni ko’rish mumkin.

Tadqiqotchilar tasvirlarni o’rganish - sodir bo’lgan falokat tafsilotlarini, jumladan, Titanikning dengiz tubiga ta’sirining aniq mexanikasini yaxshiroq tushunish imkonini berishiga umid qilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Sautgemptondan Nyu-Yorkka ilk sayohatini amalga oshirgan “Titanik” okean layneri 1912-yil 14-apreldan 15-aprelga o’tar kechasi aysberg bilan to’qnashuv oqibatida cho’kib ketgan. Kemada bo'lgan 2224 kishidan 1517 nafari halok bo’lgan. Uning qoldiqlari Nyufaundlend qirg’oqlaridan taxminan 350 dengiz milyasi uzoqlikda joylashgan. Falokat paytida “Titanik” ikkiga bo’lingan. Old va orqa qismlar bir-biridan 790 metr uzoq masofada joylashgan. Ular metall parchalari, mebel bo’laklari, shishalar va hatto yo'lovchilarning poyabzallaridan iborat vayronalar maydoni bilan o'ralgan.

“Titanik” kemasining to'liq surati Magellan Ltd guruhi tomonidan yaratildi. Maxsus suv osti kemalari 200 soat ichida kemaning turli burchaklaridan 700 mingta fotosurat oldi. Mualliflarning fikricha, ushbu "rekonstruksiya" cho’kib ketgan kemani to’liq holda ko’rish imkonini berdi.

"Biz hali ham “Titanik” bilan aysberg to’qnashuvi haqida hamma narsani bilmaymiz, shuning uchun yangi tasvirlar ko’proq narsani ochiqlashga yordam beradi", - deydi tahlilchi Parks Stivenson.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22122 | Инструменты