Huawei 1
Dunyoda birinchi marta urib turgan yurak ko‘chirib o‘tkazildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak ko‘chirib o‘tkazildi.

Shahar shifoxona-universitet boshqarmasi ushbu amaliyotni inqilob, deya ta’rifladi. Bunday amaliyot shifokorlarga yurak transplantatsiyasi natijalarini yaxshilash hamda nazorat ostidagi organ to‘xtab qolishining oldini olish imkonini beradi.

«Shu tariqa yurakni joyidan olish va ko‘chirib o‘tkazish jarayonida ishemik va reperfuzion shikastlanishlarga barham beriladi, yurak funksiyalarining operatsiyadan so‘ng tez tiklanishi ta’minlanadi», — deyiladi xabarda.

Paduya shifoxona-universitet boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bemor ayni paytda o‘zini yaxshi his etmoqda. Unga tez orada uyiga ketishiga ruxsat beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121219 | Инструменты