Endi Qozog'istonga kirish uchun xorijliklar majburiy pullik ruxsatnoma olishlari kerak bo'ladi

Qozog‘iston "visa run" deb ataluvchi amaliyotni bekor qildi. Bu amaliyot chet elliklarga mamlakatda 30 yoki 90 kun davomida bo‘lish, so‘ngra chiqib ketib, qonuniy bo‘lish muddatini yangilash uchun darhol qayta kirish imkonini berardi.

Yangi loyiha vizasiz kirish tartibi amal qiladigan mamlakatlar fuqarolari uchun — QazETA raqamli platformasi orqali beriladigan — majburiy elektron kirish ruxsatnomasini joriy etishni nazarda tutadi.

Xabarga ko‘ra, pulli elektron ruxsatnoma tizimi Qozog‘istonda 25 avgustdan 1 noyabrgacha sinov rejimida ishga tushiriladi. Shu davrda xorijliklar Qozog‘istonga elektron ruxsatnomasiz (QazETA) ham kiritiladi, biroq ular yangi qoidalar haqida ogohlantirilishi lozim. 

Mazkur davr barcha manfaatdor tomonlar (sayohat qiluvchilar, aviakompaniyalar, avtobus kompaniyalari va boshqa tashuvchilar) uchun yangi tizim va tartib-qoidalar bilan yaqindan tanishib chiqish imkonini beruvchi tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘taydi.

Shuni ta’kidlash joizki, elektron ruxsatnoma vizasiz bo‘lishning amaldagi qoidalarini o‘zgartirmaydi. Xorijliklar Qozog‘istonda vizasiz tartibda belgilangan muddat davomida qolishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90310 | Инструменты