Huawei 1
Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkilotini isloh qilishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an dunyoda yuzaga kelayotgan inqirozlarni bartaraf eta olmaydigan BMTni tezroq isloh qilish zarurligini ta’kidladi.

Bu Ukraina mojarosi va G‘azo sektoridagi inqiroz misollarida yaqqol ko‘zga tashlanadi, dedi u Istanbulda TRT-World media forumida.

"Rossiya-Ukraina urushi xalqaro tizimning zaifligini ko‘rsatib berdi. Bu tizim G'azodagi inqiroz davridagi sinovlarga ham dosh bera olmadi. Buni imkon qadar tezroq isloh qilish kerak. Dunyoning taqdiri BMTning besh doimiy a'zosi qo'lida qoldirilishi mumkin emas. Biz endi Ikkinchi Jahon urushi sharoitida emasmiz. 194 davlatning taqdirini BMT Xavfsizlik Kengashining besh a'zosi hal qila olmaydi". dedi Erdo'g'an.

Turkiya prezidenti avvalroq BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan. Uning asosiy tezislari 2021-yil sentyabr oyida chop etilgan “Adolatli dunyoni qurish mumkin” kitobida bayon etilgan.

Mazkur kitobda Erdo‘g‘an global siyosat muammolari: migratsiya inqirozi, xalqaro terrorizm, islomofobiya, diskriminatsiya, ikki tomonlama standartlarga e'tibor qaratgan.

Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 25-sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasidagi chiqishida tashkilot haqida keskin gapirgandi.

BMTning millionlab odamlar halok bo‘lgan Ikkinchi jahon urushidan so‘ng xalqaro tinchlik va xavfsizlikni himoya qilish maqsadida tashkil etilganini eslatib o‘tdi.

“Afsuski, so‘nggi yillarda BMTning o‘z asosiy vazifasini bajarishda ojizlik ko‘rsatayotganini, tobora samara bermaydigan, qoloq va harakatsiz tuzilmaga aylanib borayotganini kuzatmoqdamiz”, dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 113012 | Инструменты