Vashingtondagi NATO sammiti doirasida Turkiya rahbari Germaniya bosh vaziri bilan uchrashdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an NATO sammiti doirasida Germaniya bosh vaziri Olaf Shols bilan uchrashdi.
Prezidentlik ma’muriyati qoshidagi Aloqa idorasi, Erdo'g’an va Sholsning ikki tomonlama munosabatlar, Rossiya-Ukraina urushi va Isroilning G’azo sektoriga hujumlarini muhokama qilganini ma’lum qildi.
Uchrashuvda Turkiya rahbari G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatish imkoniyatini boy bermaslik uchun Isroilga bosim o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
Davlat rahbari mojaroning mintaqaga tarqalishining oldini olish borasidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.
Erdo'g’an yig’ilishda Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini jonlantirish uchun Germaniyadan yordam kutayotganini qayd etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20515 | Инструменты