Huawei 1
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyan Qozondagi BRIKS sammitiga boradi

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyan Qozondagi BRIKS sammitida qatnashadi va u yerda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda Eronning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Kazem Jaloliy ma’lum qildi.

“Ha, u Qozondagi BRIKS sammitida ishtirok etadi, deb o‘ylayman, biz hozir bu tashrif ikki tomonlama munosabatlarimiz uchun foydali va muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”, — dedi elchi.

Shuningdek, Prezident ikki tomonlama munosabatlar doirasida Rossiya rahbari Putin, shuningdek, boshqa rahbarlar bilan ko‘rishishni, Eron hamjamiyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va sammitda nutq so‘zlashni rejalashtirganligi ham ma’lum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91700 | Инструменты