Eron Tashqi ishlar vazirligi mamlakat rahbarining Charlie Hebdo jurnalidagi karikaturalari sababli Fransiya elchisini chaqirtirdi

Eron Tashqi ishlar vazirligi kecha, 4-yanvar kuni Fransiyaning Tehrondagi elchisini chaqirtirdi. Bunga Fransiyaning Charlie Hebdo jurnali tomonidan e’lon qilingan Eron Oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xomanaiyning karikaturalari tanlovi sabab bo’ldi, deb xabar bermoqda Tasnim agentligi.

Eron vazirligi bunday haqoratli harakat javobsiz qolmasligini ma’lum qildi. 

“Biz Fransiya hukumatining chegaradan o’tishiga yo’l qo’ymaymiz. Ular, noto’g’ri yo’lni tanladi. Biz Charlie Hebdo jurnalinini allaqachon sanksiyalar ro’yxatiga kiritganmiz”, — dedi Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon.

Ma’lumotlarga ko’ra, karikaturalar Eronda Fransiya tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan keng ko’lamli norozilik namoyishlari fonida e’lon qilingan.

Fransiyaning haftalik nashri Eronda politsiya hibsxonasida yosh ayolning o’limi sabab hukumatga qarshi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o’tgan oygi tanlov doirasida Ali Xomanaiyning o’nlab karikaturalarini chop etgan. Gazetaning yozishicha, tanlov “o‘z ozodligi uchun kurashayotgan eronliklarni qo’llab-quvvatlash”ga qaratilgan.

Aytib o’tish lozimki, dekabr oyida Eron Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning o’nlab rasmiy tashkilotlariga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bunga ularning Erondagi tartibsizliklarni qo’llab-quvvatlaganliklari sabab bo’lgan. Ushbu sanksiyalar ro’yxatida Charlie Hebdo jurnali ham bor edi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Eron afg’on ayollarining ta’lim olishida yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51220 | Инструменты