Avvalroq Tolibon yetakchiligidagi Afg’oniston Oliy taʼlim vazirligi talaba qizlarni universitetga kirishi taqiqlanganini e’lon qilgan edi. Keyinchalik vazirlik bu taqiq kiritilganligining bir nechta sabablarini aytib, izoh keltirdi.
Afg’oniston hukumatining ushbu qaroridan so’ng Eron afg’on ayollarining ta’lim olishida yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakatning oila va ayollar bo’yicha vitse-prezidenti Ensiya Xazali o’zining Twitter sahifasida xabar qildi.
“Eron afg’onistonlik ayollarga ta’limning turli darajalarida o’qishlarini davom ettirishda yordam berishga tayyor”, deb yozgan u.
Aytib o’tish lozimki, Tolibon hukumatining ayollarga qo'ygan taqiqlari G’arb davlatlaridan tashqari Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiya kabi islom davlatlari tomonidan ham qattiq qoralandi.
Eslatib o’tamiz, Tolibon nazoratidagi Afg’oniston ma’muriyati 24-dekabr kuni respublikadagi barcha mahalliy va xorijiy nodavlat tashkilotlarda ayol xodimlarni ishlamasliklarini buyurdi. Ushbu chora aholining kiyinish qoidalariga rioya qilmagani uchun qabul qilingan, deya xabar bergan Reuters agentligi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51221 | Инструменты