Huawei 1
Eronda ikki kun ichida 30 nafar mahkum qatl qilindi

Eronda ikki kun ichida turli qamoqxonalardagi 30 nafar mahkum, jumladan, uch nafar ayol qatl etildi. Bu haqida mahalliy OAV xabar berdi.

1-oktyabr kuni 13 nafar, 2-oktyabr kuni esa 17 nafar mahbus dorga osilgan. Ularning 3 nafari ayol kishi ekani aytilmoqda.

Eronning Qarshilik Milliy kengashi prezidenti Maryam Rajaviyning aytishicha, amaldagi hukumat boshqaruvda ekan, Eronda qiynoqlar va qatllar, mintaqada esa urush va terror tugamaydi.

Butunjahon o‘lim jazosiga qarshi kurash kuni arafasida u xalqaro hamjamiyatni qatllarga qarshi kampaniyani qo‘llab-quvvatlashga va Eron bilan diplomatik hamda savdo aloqalarini uzishga chaqirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 6 oyi davomida Eronda 450 ga yaqin mahbus qatl etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122209 | Инструменты