Finlyandiyaning Jyväskylä universiteti doktoranti Susanna Heikkila 44 yildan beri javobsiz bo'lib kelayotgan matematik muammoni yechishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu jumboq 1981-yilda mashhur sovet-fransuz matematigi Mixail Gromov tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u topologiya va geometrik yuzalarning shakllanish xususiyatlariga taalluqli edi.
Gromov savolni quyidagicha qo‘ygan: har qanday silliq, yopiq, teshiksiz ko‘p o‘lchovli figuralarni tekis bo‘shliqni deformatsiya qilish orqali olish mumkinmi? Ushbu muammo uzoq vaqt davomida hal etilmagan va matematiklar orasida katta qiziqish uyg‘otgan.
2019-yilda olim Aleksandr Prives bu masalaga yaqinlashib, to‘rt o‘lchovli fazoda qarama-qarshi misol keltirgan edi. Ammo to‘liq yechim hali mavjud emasdi. Susanna Heikkila esa o‘z tadqiqotlari davomida bu savolga aniq javob topdi va shakllarning deformatsiya orqali qanday o‘zgarishini tushuntirib berdi.
Matematik muammoni yanada tushunarli qilish uchun trikotaj usulidan foydalandi. U turli rangdagi iplardan foydalanib, shakllarning cho‘zilishi va deformatsiyasi jarayonini amaliy ko‘rsatib berdi. Uning innovatsion yondashuvi matematik topologiyaning tushunilishini yanada yengillashtirdi va ilmiy hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi.
Heikkila o‘z izlanishlarini davom ettirish niyatida bo‘lib, topologiya va geometriya sohasida yana yangi ilmiy yutuqlarga erishishni maqsad qilgan. Uning ishlari kelajakda matematik modellashtirish, muhandislik va hatto fizika sohalarida qo‘llanilishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40205 | Инструменты