Huawei 1
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi

PoliticalSalaries hisob-kitoblariga ko‘ra, davlatlarning eng ko‘p maosh oluvchi rahbarlari orasida Singapur bosh vaziri Lourens Vong peshqadamlik qilmoqda. U yiliga taxminan 1,69 million dollar maosh oladi, deb yozdi Forbes.

Undan keyingi o‘rinni deyarli uch barobar orqada qolgan holda Shveytsariya prezidenti Viola Amherd egalladi. AQSh prezidenti Jo Bayden to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi.

Top-10 eng ko‘p maosh oluvchi rahbarlar reytingi:

1. Singapur bosh vaziri Lourens Vong – yiliga 1,69 mln $;

2. Shveysariya prezidenti Viola Amherd – 569,5 ming $;

3. Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz – 412,5 ming $;

4. AQSh prezidenti Jo Bayden - 400 ming $;

5. Avstriya kansleri Karl Nehammer – 316,7 ming $;

6. Yangi Zelandiya bosh vaziri Kristofer Lakson – 310,5 ming $;

7. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo — 301 ming $;

8. Germaniya kansleri Olaf Shols – 293,3 ming $;

9. Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba – 276,4 ming $;

10. Irlandiya bosh vaziri Saymon Harris - 267,3 ming $.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin reytingda 28-o‘rinni egalladi. Uning yillik maoshi 113,6 ming dollarga teng.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yiliga 35,7 ming dollar maosh bilan yanada quyi o‘rinlardan joy oldi.

Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali eng kambag‘al rahbar – u yiliga bor-yo‘g‘i 1,7 ming dollar maosh oladi. Nigeriya prezidenti Bola Tinubu (2,2 ming $) va Mo‘g‘uliston bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene (3,8 ming $) mehnati biroz ko‘proq baholanadi.

Reytingda O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa MDH davlatlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты