Huawei 1
"Fukusima" atom elektr stansiyasida radioaktiv qoldiqlarni olib tashlash ishlari boshlandi

"Fukusima" atom elektr stansiyasida radioaktiv qoldiqlarni olib tashlash operatsiyasi boshlandi. Bu taxminan ikki hafta davom etadi.

Tokio energetika kompaniyasi qariyb 3 gramm og'irlikdagi namunani olish niyatida. U reaktor ichidagi sharoitlar haqida ma'lumot olish uchun ishlatiladi. Bu atom elektr stansiyasini to'xtatish yo'lidagi muhim qadam bo'ladi. Dastlab, vayronalarni yig‘ish 22 avgustga belgilangan edi, biroq asbob-uskunalar bilan bog‘liq muammolar tufayli bu sana keyinga surilishi kerak bo'ldi.

"Fukusima" AESdagi avariya 2011-yilning 11-martida Yaponiyada 9,0 magnitudali zilzila va sunamidan keyin sodir bo‘lgan. Oltita reaktordan uchtasi ishlagan va to'lqinlar kelganidan keyin erib ketgan.

Stansiyada 880 tonnaga yaqin o‘ta xavfli moddalar saqlanib qolgan. Ichkarida radiatsiya darajasi shunchalik yuqori bo'ganki, kirish uchun maxsus robotlar ishlab chiqilishi kerak edi.

2023-yilda Yaponiya "Fukusima"dan tozalangan oqava suvlarni okeanga chiqarishni boshladi va bu xalqaro hamjamiyatni katta tashvishga soldi. Tokio bu tartib xavfsizligini bir necha bor ta’kidlagan bo‘lsa-da, bir qator davlatlar yapon dengiz mahsulotlarini import qilishni taqiqladi, deb yozadi The Guardian.

2024-yil avgust oyida "Fukusima"da yangi avariya yuz berdi. Taxminan 25 tonna ifloslangan suv sizib chiqdi, lekin u atrof-muhitga kirmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91714 | Инструменты