Huawei 1
Grenlandiya yangi avtonom hukumatini e'lon qildi

Grenlandiya rasmiylari poytaxt Nuukda yangi avtonom hukumat tuzilganini e’lon qildi. To‘rtta siyosiy partiya koalitsiya shartnomasini imzolab, parlamentdagi ko‘pchilik ovoz bilan bosh vazir etib Jens-Frederik Nielseni tayinlandi.

Ushbu siyosiy o‘zgarish AQSh vitse-prezidenti J.D. Vansning Arktikaga tashrifi arafasida yuz berdi. AQSh Prezidenti Donald Tramp ilgari Grenlandiyani sotib olish istagini bildirgan edi. Vansning tashrifi esa AQShning Arktikadagi ta’sirini oshirish harakati sifatida ko‘rilmoqda.

Grenlandiya Daniyaning avtonom hududi bo‘lib, 1979-yildan buyon ichki boshqaruvga ega. Biroq, tashqi ishlar va mudofaa siyosati hali ham Daniya tomonidan nazorat qilinadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40103 | Инструменты