HAMAS yetakchisi gumanitar karvonda G‘azo sektori shimolidan chiqib ketgani aytilmoqda

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar gumanitar karvonda G‘azo sektori shimolidan chiqib ketdi

Taxminlarga ko‘ra, u hozir sektor janubidagi Xon Yunis shahrida joylashgan. Sinvar tinch aholi uchun ochilgan gumanitar koridor orqali shimoldan chiqib ketgani aytilmoqda. HAMAS siyosiy rahbariyati Qatarda joylashgan, biroq Sinvar guruhdagi eng qudratli shaxs sanaladi.

Sinvar 20 yildan ko‘proq vaqt davomida Isroil qamoqxonalarida bo‘lgan va 2011-yilda ozod qilingan. O‘shanda Isroil bir nafar askari evaziga mingdan ortiq falstinlik mahbusni ozod qilgandi.

Sinvar qamoqxonada ibroniy tilini, Isroil tarixi va isroillik siyosatchilarning tarjimai hollarini o‘rgangan. U bizni juda yaxshi biladi, — deydi ismi keltirilmagan qamoqxonaning sobiq xodimi. U hozirda razvedkachi sifatida faoliyat olib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты