Huawei 1
Hindistonda ovqatga tupurish qonun bilan taqiqlanadi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi kafe va restoranlarda mijozlarning ovqatiga tupurishni rasman taqiqlovchi qat’iy qonunlar joriy etiladi. Bu haqda India Today xabar berdi.

Ovqatlarga tupurish holatlari shunchalik tez-tez sodir bo‘lganki, shtat ma’murlari oziq-ovqat mahsulotlarini “masxara qilish”ni taqiqlash uchun qonun chiqarishga majbur bo‘lmoqda. Shu tariqqa hukumat ikkita yangi qoidani joriy etish niyatida:

  • oziq-ovqat sohasida antisanitariya me’yorlariga qarshi kurashish;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish.
“Iste’molchilar oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlash masalalarida shaffoflikka ega bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, oziq-ovqat mahsulotlariga tupurish yoki boshqa sanitariya qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etishda ayblangan shaxslar qattiq jazoga tortiladi.

Ma’lumot o‘rnida, sentyabr oyida Saxaranpur shahridan o‘smirning nonga tupurgani va mijozlarga taqdim etgani aks etgan video internetda tarqalgandi. Shundan so‘ng oshxona egasi hibsga olingan. Shtatning boshqa shaharlarida — Noida va G‘oziobodda erkaklar meva sharbatiga peshob va so‘lak qo‘shgani uchun hibsga olingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101808 | Инструменты