"Yil so'zi" uchun 3 ta so'z tanlab olingan
Ingliz tilining Oksford lug‘ati yil so‘zini birinchi marta jamoatchilik orasida ovozga qo‘yish yo‘li bilan uchta so‘z ichidan tanlab oladi.
"Biz yil so‘zini tanlash jarayonining oxirgi bosqichini tilning asl hakamlariga — butun dunyo odamlariga ishonib topshirishga qaror qildik. Biz ingliz tilida qanday muloqot qilib, uni qanday rivojlantirishimiz har yili Oksford tanloviga ta’sir qiladi, lekin lug‘at tarixida birinchi marta 2022-yil so‘zi jamoatchilik tomonidan tanlanadi", — deyiladi xabarda.
Short-listga metaverse ("metaolam") va goblin mode ("goblin rejimi') tushunchalari hamda #IStandWith ("men qo‘llab-quvvatlayman") xeshtegi kirdi.
- Metaverse tushunchasi biz gapirib kelgan kelajak bu yil odatiy voqelikka aylanganini ko‘rsatadi — virtual reallikda gibrid ishdan tortib axloq haqidagi munozaralargacha. Ushbu so‘zdan foydalanish oktabr oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan to‘rt marta oshgan, deyiladi xabarda.
- #IStandWith xeshtegi "faollik va ajralish" timsoli bo‘lib, biron hodisa yoki odamni qo‘llab-quvvatlashni ifodalashda ishlatiladi. Uning qo‘llanilishi asosan Ukrainadagi vaziyat hamda amerikalik aktyorlar Jonni Depp va Ember Xyord o‘rtasidagi sud bilan bog‘liqdir.
- Goblin mode tushunchasi — o‘z xohish-istaklari foydasiga jamoatchilikning o‘ziga nisbatan umidlaridan voz kechish konsepsiyasi. Atamaning paydo bo‘lishi 2009—2020-yillarga borib taqaladi, ammo dunyo koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan lokdaunlardan keyin qayta tiklanishni boshlagach, u faol muomalaga kirdi. Ibora “normal hayotga” qaytishdan bosh tortishni ifodalay boshladi.
Ma'lumot o'rnida, Oksfordda 2022-yilning eng yaxshi soʻzi boʻlish uchun ovoz berish 2-dekabr, juma kuni soat 00:01 da yopiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31101 | Инструменты