Huawei 1
Irlandiya Ukrainaga maxsus kuchlar askarlarini yuborishi mumkin

Irlandiya hukumati maxsus kuchlarni xorijga yuborishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda 5-mart, chorshanba kuni Irish Independent va The Irish Times nashrlari xabar berdi. Irlandiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, ushbu qonun o‘zgarishlari “irland fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash, elchixonalarni himoya qilish va xorijda yaqin muhofaza vazifalarini bajarish” uchun ayniqsa muhim.

Irlandiya elchixonasini Kiyevda xususiy kompaniya qo‘riqlagan

The Irish Times nashriga ko‘ra, Irlandiya Mudofaa Kuchlarining elita bo‘linmasi – Army Ranger Wing (ARW) jangchilari 2022-yilda Ukrainaga yuborilishi kerak bo‘lgan. Ular Irlandiya rasmiy shaxslarini qo‘riqlash uchun safarbar qilinishi rejalashtirilgan edi, chunki Irlandiya Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan yetti oy o‘tib Kiyevdagi elchixonasini qayta ochgan.

Biroq, Dublin hukumati o‘sha paytda qonunchilikka oid huquqiy xulosa oldi. Unda Irlandiya harbiylarini xorijda qo‘riqlash maqsadida joylashtirishni bevosita taqiqlovchi normalar borligi aytilgan edi. Ushbu huquqiy to‘siq tufayli Irlandiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi elchi Tereza Xilli va elchixona xodimlarini himoya qilish uchun xususiy qo‘riqlash kompaniyasini yollashga majbur bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30616 | Инструменты