Huawei 1
Isroil armiyasi: “Hizbulloh” 500 mln dollarlik oltin, naqd pulni Bayrutdagi shifoxona ostida yashirmoqda

Livanning “Hizbulloh” guruhi Bayrutdagi shifoxona ostidagi bunkerda 500 million dollar naqd pul va oltin yashirgan. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari vakili Daniel Hagariga tayanib, The Times of Israel xabar berdi.

U Livan hukumati va xalqaro tashkilotlarni “Hizbulloh”ning bu boyliklardan Isroilga qarshi hujumlar uchun foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Hagarining so‘zlariga ko‘ra, gap Bayrut janubidagi Al-Sahel klinikasi haqida ketmoqda. U Isroil armiyasi shifoxonaga hujum qilish niyatida emasligini aytgan.

Shuni ta’kidlamoqchiman: biz Livan xalqi bilan urush holatida emasmiz, degan Hagari.

Livan televideniyasi ehtiyot chorasi sifatida xodimlar va bemorlar shifoxonadan ko‘chirilgani haqida xabar bergan.

O‘z navbatida, klinika boshqaruvchisi Fadi Alameh Isroilni tuhmatda ayblagan. U Livan armiyasini kasalxona hududiga kirib, u yerda faqat bemorlar, operatsiya xonalari va morggina joylashganini tasdiqlashga chaqirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты