Huawei 1
Isroil Bayrutdagi "Hizbulloh" nishonlariga hujum qilinganini bildirdi

Isroil noyabr oyida o‘t ochish to‘xtatilgandan keyin birinchi marta Livandagi «Hizbulloh» harakatining Bayrutdagi nishonlarini o‘qqa tutdi. AP agentligining 28 mart, juma kuni xabar berishicha, Livan poytaxtida kuchli portlash ovozi eshitilib, tutun ko‘zga tashlangan.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) aholini zudlik bilan Bayrut chekkasidagi bir qator hududlardan evakuatsiya qilinish haqida ogohlantirib, 22 mart kuni Livandan Isroil shimoliga amalga oshirilgan zarbaga javob qaytarilishi to‘g‘risida xabar bergan edi. "Hizbulloh" voqeaga aloqadorligini rad etdi. 28 mart kuni Livan janubidan otilgan ikkinchi raketa mintaqa hududiga quladi, deb xabar qilgan Isroil harbiylari.

Isroilda hukumatga qarshi namoyishlar qayta boshlandi 

Isroil shaharlarida 27 mart kuni sudyalarni tayinlash jarayonida saylangan mansabdor shaxslarning vakolatlarini kengaytiruvchi ziddiyatli qonunga qarshi bo‘lgan minglab kishilar yana ko‘chalarga chiqdi. Bundan tashqari, namoyishchilar garovga olinganlarni ozod qilish uchun Isroil G‘azo sektorida harbiy operatsiya o‘tkazayotgan Hamas harakati jangchilari bilan kelishuvga erishishni talab qildi, deb xabar beradi dpa agentligi.

Avvalroq, sud-huquq islohotining asosiy qonunlaridan birini soatlab davom etgan munozaralardan so‘ng Knessetning 120 a’zosidan 67 nafari qo‘llab-quvvatlagan, bir deputat esa qarshi chiqqandi. Muxolifat ovoz berishni boykot qildi.

Qonun qabul qilinishi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga 2023 yilda mamlakat tarixidagi eng yirik norozilik namoyishlaridan biriga sabab bo‘lgan munozarali sud-huquq islohotlarini davom ettirish imkonini beradi. 2023 yil 7 oktyabrda Hamas jangchilarining Isroilga hujumi va G‘azoda harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng islohotni ilgari surish to‘xtatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40103 | Инструменты