Huawei 2
Isroil Falastin davlatini tan olganlarga sanksiya qo‘llamoqchi

Isroil hukumati Falastin davlatini tan olayotgan mamlakatlarga qarshi chora ko‘rishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Ynet xabar berdi.

22-may kuni Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya Falastin davlatini tan olganliklarini e’lon qildi. 5-iyun kuni Sloveniya, 21-iyun kuni esa Armaniston ham xuddi shunday qaror qabul qildi. Isroil Milliy xavfsizlik vazirligi bu davlatlarning elchixonalarni yopishni va elchilarini chaqirib olishni taklif qilgan.

Bundan tashqari, ushbu davlatlarning Isroildagi diplomatik vakolatxonalarini yopish yoki cheklash tavsiya qilingan. Natijada ushbu mavzu bo‘yicha muhokamalarni davom ettirishga kelishilgan. 

Malta va Avstraliya ham Falastin davlatchiligini tan olishni ko‘rib chiqmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62814 | Инструменты