Huawei 1
Isroil HAMAS bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi

HAMAS G‘azo sektorida sulh tuzish uchun yangi taklif kiritganidan keyin Isroil Falastin guruhi bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.

Isroil razvedka xizmati “Mossad"ning rahbari Devid Barnea kelishuv tafsilotlarini, shu jumladan, HAMAS asirligidagi garovga olinganlarni ozod qilishni muhokama qilish uchun Qatarga bordi, deb aniqlik kiritdi The Times of Israel.

Isroil muzokaralar guruhidagi manba Reuters`ga kelishuvga erishish uchun “haqiqiy imkoniyat bor” ekanini aytdi. “HAMAS tomonidan ilgari surilgan taklif juda muhim jihatni o‘z ichiga oladi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Isroilning HAMAS taklifiga munosabati avvalgilaridan keskin farq qiladi, oldinlari Isroil rasmiylari guruh tomonidan ilgari surilgan shartlarni nomaqbul deb atardi, e’tibor qaratdi Reuters.

Isroil HAMASdan sulh kelishuvi bo‘yicha navbatdagi taklifni 3-iyul kuni oldi. U may oyi oxirida prezident Jo Bayden tomonidan taqdim etilgan AQSh rejasiga javob bo‘ldi. Taklif uch bosqichdan iborat. Birinchisi garovga olinganlar va falastinlik mahbuslarni almashtirishni, shuningdek, qisqa muddatli sulhni nazarda tutadi.

Falastin rasmiysi Reuters agentligiga HAMAS ba’zi nuqtalarda, agar Isroil buni ma’qullasa, qisman kelishuvga erishishga imkon beradigan “moslashuvchanlik namoyish etganini” aytgan.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi tinchlik rejasi bo‘yicha asosiy kelishmovchiliklardan biri bu sulhning davomiyligi va guruhning G‘azoni boshqarishdagi kelajakdagi roli hisoblanadi. HAMAS Isroildan urushni to‘liq tugatishni va qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qilmoqda, Isroil esa HAMAS “yo‘q qilinmaguncha” mojaro tugamasligini aytmoqda. “Urushning sakkiz oyi davomida harbiy harakatlar faqat bir marta — bir haftaga to‘xtadi. O‘shanda HAMAS falastinlik mahbuslar evaziga garovga olingan ba’zi isroilliklarni ozod qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100510 | Инструменты