Huawei 1
Isroil HAMAS harbiy razvedkasi boshlig‘ini o‘ldirdi

Isroil kuchlari G‘azo sektori janubida HAMAS harakatining harbiy razvedka boshlig‘i Usama Tabashni o‘ldirdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati хабар berdi.

“Isroil armiyasi G‘azo janubidagi HAMAS harbiy razvedkasi boshlig‘i hamda HAMASning kuzatuv va o‘t ochish bo‘limi rahbari bo‘lgan Usama Tabashni yo‘q qildi”, deyiladi bayonotda.

Tabash yuqori martabali HAMAS vakili hisoblanib, tashkilot uchun muhim operativ bilim manbai bo‘lgan. U HAMASda turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, Xon Yunus brigadasida batalon qo‘mondoni sifatida ham ishlagani aytiladi.

Isroil armiyasining bildirishicha, Tabashning yo‘q qilinishi HAMASning razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va qo‘shinlarga zarar yetkazish qobiliyatini pasaytiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32406 | Инструменты