Huawei 1
Isroil havo hujumlari tufayli Bayrutdagi ikkita tibbiyot majmuasi ishlamay qoldi

Livan poytaxti Bayrut janubidagi Dahiya hududini Isroil tomonidan ommaviy o'qqa tutilishi natijasida ikkita kasalxona o'z faoliyatini to'xtatdi.

Livandagi sog‘liqni saqlash manbalariga ko‘ra, Isroil armiyasi kechasi Dahiyaga intensiv havo hujumlarini uyushtirgan.

Xabarda aytilishicha, Isroil mudofaa kuchlarining Bayrutning janubiy tumanlariga bergan havo zarbalari tufayli "Sent Tereza" va "Al-Rasul al-Azam" kasalxonasi vaqtinchalik ishni to‘xtatgan.

"Al-Rasoul Al-Azam" kasalxonasi Livan poytaxtidagi eng yirik tibbiy majmualardan biri sanaladi.

Isroil-Livan chegarasida Isroil armiyasi va "Hizbulloh" o‘rtasidagi taranglik 2023-yil 23-sentabrdan beri davom etmoqda. Chegara hududlarini o'qqa tutish har ikki tomondan muntazam ravishda amalga oshirildi.

Aytib o'tish joizki, 23-sentabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi shaharlar, shuningdek, Bekaa vodiysi va Baalbek shahriga yuzlab zarbalar berdi.

Livan rasmiylariga ko'ra, Isroil havo hujumlari 1,4 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo'lgan. Otishmalar tufayli 1,2 milliondan ortiq odam mamlakat ichida o‘z uyini tashlab ketgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100718 | Инструменты