Huawei 1
Isroil «Hizbulloh» sobiq yetakchisining dafn marosimi vaqtida Livanga hujum qildi

Isroil harbiylari Livan janubi va sharqidagi harbiy obektlarga zarbalar berdi. Bu haqda Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) matbuot xizmati xabar berdi.

TSAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilingan hududlarda Livanning «Hizbulloh» harakati «faolligi aniqlangan».

Isroil mudofaa vaziri Israel Kats X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga mamlakatning qiruvchi samolyotlari Livan tashkilotining sobiq yetakchisi Hasan Nasrullohni dafn qilish marosimi vaqtida Bayrut ustidan uchib o‘tganini ma’lum qildi.

Livandagi shialar harakati «Hizbulloh» yetakchisi Shayx Hasan Nasrulloh Yaqin Sharqdagi eng mashhur va nufuzli shaxslardan biri edi. U 64 yillik umridan 32 yilida ushbu harakatga rahbarlik qilgan. Bu davrda guruh Livandagi eng katta ta’sirga ega siyosiy kuchga aylandi. U Isroil tomonidan o‘ldirilishidan qo‘rqib, ko‘p yillardan buyon omma qarshisida ko‘rinish bermay kelardi. Ammo 2024 yil 27 sentabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlarining Livan poytaxti Bayrut shahriga zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.

23 fevral, yakshanba kuni Bayrutdagi stadionda o‘ldirilganiga besh oy to‘layotgan Hasan Nasrullohning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimga o‘n minglab odam tashrif buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 27 noyabr kuni Livan va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilgan bo‘lib, uning doirasida isroillik harbiylar 60 kun ichida Livan janubidagi egallangan hududlardan chiqib ketishi kerak edi. Ammo Isroil tomoni Livan armiyasi mintaqaga «to‘liq joylashmaganini» ma’lum qilib, hududni tark etish muddatini 18 fevralga qadar uzaytirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22413 | Инструменты