Huawei 1
Antoniu Guterrish Ukrainada «adolatli tinchlik» o‘rnatishga chaqirdi

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy hujumi boshlaganining uch yilligi arafasida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish yana bir bor adolatli va mustahkam tinchlikka chaqirdi

«Yetarli. Uch yillik o‘lim va vayronagarchilikdan so‘ng men keskinlikni zudlik bilan yumshatish va jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqiruvimni yana bir bor takrorlayman», — deb yozdi Guterrish 23 fevral, yakshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi postidan kelib chiqadiki, «adolatli tinchlik» deganda u «Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari doirasida, BMT Nizomi, xalqaro huquq va Bosh Assambleya rezolyutsiyalariga muvofiq suverenitet, mustaqillik va hududiy yaxlitlikni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydigan» tinchlikni nazarda tutadi.

«Ukrainadagi urush nafaqat Yevropadagi tinchlik va xavfsizlikka, balki BMT asoslari va asosiy tamoyillariga ham jiddiy tahdid soladi», — dedi Guterrish. «Men adolatli va keng qamrovli tinchlikka erishishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarni olqishlayman. BMT bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor», — dedi u.

Zelenskiy Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari haqida

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 14 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan nutqida Rossiya bilan «juda og‘ir» tinchlik muzokaralarini kutayotganini, lekin har qanday vaqtda «haqiqiy muzokaralarga» tayyor ekanligini aytdi.

Keyinchalik, 23 fevral kuni Zelenskiy, Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi yoki Kiyevning NATOga qo‘shilishi evaziga davlat rahbari lavozimini tark etishga tayyorligini aytdi. 

«Agar tinchlik Ukraina uchun bo‘lsa, agar siz haqiqatan ham o‘z lavozimimni tark etishimga muhtoj bo‘lsangiz, men tayyorman. Ikkinchi holat, agar shunday shartlar mavjud bo‘lsa, uni NATOga almashtirishim mumkin», — deya ta’kidladi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22416 | Инструменты