Huawei 1
Surxondaryoda Nexia “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yubordi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 27-yanvar kuni YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Nexia haydovchisi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 8 yoshli bolani urib yuborgan.

Oqibatda bola og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Bola shaharning 12-maktab o‘quvchisi bo‘lgan. Shundan so‘ng ushbu maktabda YHXB mutasaddilari va o‘quvchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2024-yilda Toshkent shahrida 91 kishi YTH oqibatida halok bo'lgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22415 | Инструменты